Maktab haqida

Maktab haqida

Kingdom Academy — Farg‘ona shahridagi natijaga yo‘naltirilgan xususiy maktab. Tayyorlov va 1–7-sinflar, kun bo‘yi ta'lim.

Kingdom Academy

Bizning hikoya

Kingdom Academy 2021-yilda Farg‘onada kichik o‘quv markazi sifatida ish boshladi: matematika, ingliz va rus tillari, prodlyonka. Bolalar va ota-onalarning ishonchi markazni to‘laqonli maktabga aylantirdi.

2025-yil oktabrida maktab xususiy maktab litsenziyasini oldi va Kingdom Academy nomi bilan yangi bosqichga chiqdi: 4 qavatli bino, kun bo‘yi ta'lim, yotoqxona, laboratoriya va kutubxona.

2026-yilda 7 o‘quvchimiz Prezident maktabiga, 35 nafari Al-Xorazmiy maktablariga qabul qilindi; Istanbul olimpiadasida 4 mutlaq chempion. Asosiy tamoyil — natija: elektron jurnal, har 15 kunda hisobot, ota-ona kabineti.

Maqsadimiz

Har bir bolaga bilim, odob va katta orzular sari qanot berish: Prezident maktabi, Al-Xorazmiy, xalqaro olimpiadalar — va eng muhimi, o‘ziga ishongan, kitob o‘qiydigan, izlanuvchan shaxs.

Rasmiy ma'lumot

Kingdom Academy — Farg‘ona shahrida xususiy maktab faoliyati uchun 2025-yil oktabrida litsenziya olgan ta'lim muassasasi. Ta'lim davlat standartlari asosida, o‘zbek tilida, ingliz tili kuchaytirilgan.

Yo‘limiz

  1. Sentabr 2021

    Boshlanish

    Farg‘onada kichik o‘quv markazi sifatida ish boshladi: matematika, ingliz va rus tillari, prodlyonka.

  2. Noyabr 2024

    Xalqaro olimpiadalar

    Hamkor markazlar bilan birinchi xalqaro saralash va O‘sh safari.

  3. Oktabr 2025

    Kingdom Academy

    Xususiy maktab litsenziyasi olindi; maktab Kingdom Academy nomi bilan ish boshladi.

  4. Dekabr 2025

    Ibn Sino sinfi

    5–6-sinflar uchun tabiiy fanlar sinfi va laboratoriya.

  5. Avgust 2026

    Rekord natija

    7 o‘quvchi Prezident maktabiga, 35 o‘quvchi Al-Xorazmiyga. Maktab formasi va yangi o‘quv yili.

  6. Sentabr 2026

    Kingdom Books va ROBOTRONIX

    Kutubxona va kitobxonlik tanlovi; robototexnika darslari.

  7. Oktabr 2026

    Istanbul chempionlari

    Xalqaro olimpiadada 4 mutlaq chempion; Lider sinf va 6 mln so‘mlik grantlar.

  8. Noyabr 2026

    Dubay

    95 kishilik delegatsiya 22 davlat ishtirokidagi olimpiadaga. Keyingi manzil — Malayziya.

Sharoitlar

  • 4 qavatli bino

    Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflar alohida qavatlarda, yotoqxona eng yuqorida.

  • Laboratoriya va teleskop

    Kimyo-biologiya tajribalari, Oy va Saturn kuzatuvlari.

  • Kingdom Books kutubxonasi

    50+ jahon va o‘zbek adabiyoti kitoblari, kitobxonlik tanlovi.

  • Robototexnika ustaxonasi

    ROBOTRONIX bilan hamkorlikda jihozlangan xona.

  • Oshxona

    Kuniga 3 mahal issiq ovqat, menyu haftalik.

  • Yotoqxona va avtobus

    Uzoqdan qatnaydiganlar uchun yotoqxona, Farg‘ona bo‘ylab maktab avtobusi.

Robototexnika · ROBOTRONIX bilan
Tabiiy fan — ijodiy loyihalar
2-sinf — kuz tasvirlari
Maktab formasi
Zakovat bellashuvi

Hamkorlar

PMTESTSCambridge AcademyROBOTRONIXCanadian University DubaiIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

Farzandingiz uchun to‘g‘ri maktabni bugun tanlang

Bepul diagnostik test va 1 hafta sinov — ta'limimiz, ustozlarimiz va muhitimizni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring.