Qabul
Qabul 2026/27
Tayyorlov (0) va 1–7-sinflarga qabul davom etmoqda. Joylar cheklangan: har sinfda 24 o‘quvchigacha.
Qabul qanday o‘tadi
- 1
Ariza
Saytdagi forma, Telegram yoki qo‘ng‘iroq orqali. Administrator 1 ish kuni ichida bog‘lanadi.
- 2
Diagnostik test
Matematika va o‘qish (1-sinfga — suhbat). Bepul, 40 daqiqa. Natija shu kuni aytiladi.
- 3
1 hafta bepul sinov
Farzandingiz sinfda bir hafta o‘qib ko‘radi: darslar, ovqat, to‘garaklar. Ma’qul kelsa — shartnoma.
- 4
Shartnoma va kabinet
Shartnoma, forma, kitoblar. Ota-onaga kabinet va Telegram bot: baholar, davomat, to‘lovlar, menyu.
Bo‘sh o‘rinlar
Joriy holat maktab tizimidan; aniq ma'lumot administratorda.
0-sinf
1 sinflar · 9 o‘quvchi
- 0-Tayyorlov · 9
1-sinf
1 sinflar · 8 o‘quvchi
- 1-A · 8
2-sinf
1 sinflar · 8 o‘quvchi
- 2-A · 8
3-sinf
1 sinflar · 8 o‘quvchi
- 3-A · 8
4-sinf
2 sinflar · 16 o‘quvchi
- 4-A · 8
- 4-B · 8
5-sinf
1 sinflar · 8 o‘quvchi
- 5-A «Ibn Sino» · 8
6-sinf
1 sinflar · 8 o‘quvchi
- 6-A · 8
7-sinf
1 sinflar · 9 o‘quvchi
- 7-A «Lider» · 9
Kerakli hujjatlar
- Tug‘ilganlik guvohnomasi va ota-ona pasporti nusxasi
- Oldingi maktabdan tabel (2–7-sinflar)
- Tibbiy ma’lumotnoma (086-U) va emlash xaritasi
- 3×4 rasm — 4 dona
To‘lov tartibi
- Oylik to‘lov har oyning 10-sanasigacha. 10-sanagacha to‘laganlarga maktab uchun 100 000 va yotoqxona uchun 100 000 so‘m chegirma.
- To‘lovga darslar, 3 mahal ovqat, to‘garaklar va darsliklar kiradi; prodlyonka, yotoqxona va avtobus — alohida.
- Aka-uka va opa-singillarga chegirma, ustozlar farzandlariga 50%.
- Olimpiada g‘oliblari va 4-sinf stipendiyasi — grant va vaucherlar hisobidan to‘lovni qoplash.
- Sentabr va oktabr natijalari bo‘yicha o‘tish balini to‘play olmagan o‘quvchilar bilan shartnoma qayta ko‘rib chiqiladi — natija asosiy mezon.
Aniq narxlar sinf va tanlangan xizmatlarga (prodlyonka, yotoqxona, avtobus) bog‘liq — administrator shartnomadan oldin to‘liq hisob-kitobni beradi.