Ota-onalarga
Ota-onalarga
Maktab tartibi, to‘lov qoidalari, ota-ona kabineti va ko‘p so‘raladigan savollar — bir joyda.
Maktab tartibi
- Natijalar har 15 kunda: sinf rahbari ota-onaga baholar va davomat bo‘yicha hisobot beradi; kabinet va Telegram botda doim ko‘rinadi.
- Dars 08:30 da boshlanadi; kechikish va kelmaslik sabablari sinf rahbariga shu kuni yetkaziladi.
- Maktab formasi majburiy; forma to‘plami maktabdan olinadi.
- Telefonlar dars vaqtida sinf rahbarida saqlanadi.
- Yotoqxonada qolish — alohida shartnoma; shanba-yakshanba kunlari ham mumkin.
To‘lov qoidalari
- Oylik to‘lov har oyning 10-sanasigacha. 10-sanagacha to‘laganlarga maktab uchun 100 000 va yotoqxona uchun 100 000 so‘m chegirma.
- To‘lovga darslar, 3 mahal ovqat, to‘garaklar va darsliklar kiradi; prodlyonka, yotoqxona va avtobus — alohida.
- Aka-uka va opa-singillarga chegirma, ustozlar farzandlariga 50%.
- Olimpiada g‘oliblari va 4-sinf stipendiyasi — grant va vaucherlar hisobidan to‘lovni qoplash.
- Sentabr va oktabr natijalari bo‘yicha o‘tish balini to‘play olmagan o‘quvchilar bilan shartnoma qayta ko‘rib chiqiladi — natija asosiy mezon.
Ota-ona kabineti
Baholar, davomat, uy vazifalari, to‘lovlar, oshxona menyusi va kutubxona — saytdagi kabinetda va Telegram botda. Login va parol shartnomadan keyin beriladi.
Kabinetga kirishMaktab Telegram kanali
E'lonlar, natijalar, safar xabarlari va tadbirlar kanalda birinchi bo‘lib chiqadi.
Kanalga o‘tishKo‘p so‘raladigan savollar
Qaysi sinflarga qabul bor?
Tayyorlov (0) va 1–7-sinflarga. Joylar cheklangan — har sinfda 24 o‘quvchigacha; Ibn Sino va Lider sinflariga saralash orqali.
Dars kuni qanday o‘tadi?
08:30 dan 16:30 gacha: darslar, 3 mahal ovqat, to‘garaklar. Prodlyonka 17:00 gacha. Shanba — qisqa kun va testlar.
Farzandim natijasini qayerdan ko‘raman?
Ota-ona kabinetida (sayt) va Telegram botda: baholar, davomat, uy vazifalari, to‘lovlar, oshxona menyusi, kutubxona.
Sinov davri bormi?
Ha — 1 hafta bepul. Diagnostik testdan so‘ng farzandingiz haqiqiy sinfda o‘qib ko‘radi.
Transport bormi?
Maktab avtobusi Farg‘ona shahri bo‘ylab yo‘nalishlarda qatnaydi; yo‘nalish va narx administrator bilan kelishiladi.
Olimpiada safari xavfsizmi?
Bolalar ustozlar hamrohligida, 4–5 yulduzli mehmonxonalarda; ota-onalar Telegram orqali jonli xabar oladi.
Farzandingiz uchun to‘g‘ri maktabni bugun tanlang
Bepul diagnostik test va 1 hafta sinov — ta'limimiz, ustozlarimiz va muhitimizni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring.